Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
2026-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi O‘razaliyeva Muqaddas O‘ktamovna "maxalla yettiligi" ning hamkorlikdagi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi O‘razaliyeva Muqaddas O‘ktamovnaning hududdagi ishchi tashrifi doirasida O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi N. Xolmatov hamda Mirzacho‘l tumani Kengashi raisi O.Namozovalar bilan birgalikda Mirzacho‘l tumani "Mirzadala" mahallasi yettiligi va masʼul tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonida uchrayotgan muammolar, mahalla hududida mavjud dolzarb masalalar hamda mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga qaratildi.

Muhokama jarayonida avvalgi uchrashuvlar davomida berilgan tavsiyalar ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Qabul qilingan choralar samaradorligi, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan aniq xulosalar chiqarildi.

Xususan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi:

fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik va xolislikni taʼminlash; 

ijtimoiy yordam va imtiyozlar taqsimotida shaffoflikni kuchaytirish; 

taʼlim tibbiyot bandlik va boshqa sohalarda maishiy korrupsiya xavfini kamaytirish; 

qarorlar qabul qilish jarayonida inson omilini qisqartirish; 

mahalla darajasida jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yish. 

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va mulohazalar birma bir qayd etilib ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur ishlar natijasida mahalla faoliyatida ochiqlikni kuchaytirish korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsad qilib olindi.

Slide 1 of 7