Xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va faol nuroniylardan tuzilgan Ishchi guruh vakillari mutassadi tashkilotlar mas’ullari bilan hamkorlikda tumandagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, mavsum uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. O‘rganishlar davomida tuman Kengashi deputati X.Muxitdinov va jamoatchilik vakillari tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi.