Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida

🟢Konsepsiyada Kengashlar faoliyatini raqamlashtirishni yanada kuchaytirish, shuningdek, Kengash faoliyati va ma’lumotlari ochiqligini ta’minlash tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda

Keng jamoatchilik va OAVga mahalliy Kengashlar sessiyalarini kuzatish imkoniyatini kengaytirish maqsadida sessiyalarni “E-Kengash” platformasi orqali onlayn translyatsiya qilish amaliyoti tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, kelgusida deputatlar Kengash majlislariga mobil ilova orqali masofadan turib qatnashishi va onlayn ovoz berishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, sessiya hamda majlislar davomida sun’iy intellekt bazasida elektron stenogramma yuritish va bayonnomalarni avtomatik shakllantirish imkoniyati yaratiladi.

🟢 Bu tizim Kengash faoliyatining barcha sohalarini, xususan, raqamlashtirishni ham sifat jihatidan yuqori pog‘onalarga olib chiqadi.

Mirabdullayev Mirzatilla Yuldashevich – xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati