Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Munosabat

O‘zbekiston – Ozarbayjon: Strategik sheriklikning yangi bosqichi

2025-yil 2–4 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Ushbu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada chuqurlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.Prezident Shavkat Mirziyoyevni Boku xalqaro aeroportida Ozarbayjon hukumati vakillari tantanali ravishda kutib olishdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazildi.

Tomonlar o‘zaro ishonch va do‘stlik asosidagi munosabatlarning bugungi darajasidan mamnun ekanliklarini ta’kidlab, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Amaliy natijalar

Davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunida qator muhim hujjatlar imzolandi:

• 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi savdo ayirboshlovini amalga oshirish rejalashtirildi;

• Transport-logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi;

• “O‘zbekiston bog‘i” va Toshkent elchixonasi binosi Boku shahrida ochildi;

• Madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy hamkorlik

Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO) sammitida ham ishtirok etdi. Sammit doirasida Markaziy Osiyo – Kavkaz – Yevropa yo‘nalishida yangi transport korridorlari, energiya tashuvchilari va savdo yo‘nalishlarini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashrifi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ikki xalq manfaatlariga xizmat qilib, barqaror taraqqiyotga yo‘l ochmoqda.

Bu tashrif, shubhasiz, O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, muvozanatli va amaliy yondashuv asosida olib borilayotganini yana bir bor isbotladi.

Parmanova Nargiza Baxadirovna

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati  

Slide 1 of 1