Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
"Yosh liderlar" ta‘lim dasturi ishtirokchilari Janubiy Koreyada

"Yosh liderlar" ta‘lim dasturi ishtirokchilari Janubiy Koreyada

Mazkur ta‘lim dasturi doirasida Respublikamiz yoshlari orasidan saralab olingan 30 nafarga yaqin iqtidorli yoshlar davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganmoqda.

Dasturdan asosiy maqsad — yosh rahbar kadrlarda strategik fikrlash, tizimli tahlil va samarali qaror qabul qilish kabi boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning rahbarlik salohiyatini oshirishdir.

Ayni paytda dasturning eng faol va yuqori natija ko‘rsatgan 15 nafar ishtirokchisi Koreya Respublikasida amaliy stajirovka o‘tashmoqda. Bu tashrifning asosiy maqsadi — Koreya davlat boshqaruvidagi ilg‘or tajriba, boshqaruv tizimlari, kadrlar siyosatini chuqur o‘rganish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlashdir.

Saralab olingan 15-ga yoshlar qatorida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-At-Termiziy saylov okrugidan saylangan deputat B.Umarov ham bo‘lib Janubiy Koreyada amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish va kelgusidagi islohotlar uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganmoqda.

Slide 1 of 2