Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
DEPUTAT AXBOROTI

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashiga 3-Vatanparvar saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyeva Oyzoda Kurbonaliyevna amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. Tadbirda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar, va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Deputat o‘z so‘zida 7ta mahallada o‘tkazilgan uchrashuvlar, 15 nafar fuqarodan tushgan murojaatlarning joyida ko‘rib chiqilgani va ularning ko‘pchiligi ijobiy hal etilgani haqida ma’lumot berdi. 

Aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, erta diagnostika va profilaktika maqsadida deputat tashabbusi bilan tor mutaxassislar —nevropatolog, terapevt, ginekolog, jarroh, kardiolog kabi mutaxassislar ishtirokida 50 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Vatanparvar MFY raisi 

M. Mirahmedova deputat Oyzoda Kurbonaliyevnaning faolligini alohida e’tirof etib, mahalladagi dolzarb masalalarni hal etishdagi amaliy harakatlarini yuqori baholadi.

Yig‘ilish yakunida deputatning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, aholining ehtiyoj va murojaatlariga tezkor javob berish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy hamkorlik hamda madaniy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3