Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 1-Madaniyat saylov okrugi deputati Asqarali Odilov “Sohil” va “Beruniy” mahallalari aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad deputatning 2025-yil 2-chorakdagi faoliyati haqida saylovchilarga axborot berish, ularning fikr-mulohazalarini eshitish hamda dolzarb masalalarni joyida o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda “mahalla yettiligi” a’zolari ham ishtirok etdi. Hududlardagi mavjud muammolar, xususan:

- elektr ta’minotidagi uzilishlar;

- ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar;

- ichki yo‘llarning holati;

- mahalladagi bo‘sh turgan bino va yerlarning maqsadli foydalanilishi;

- yoshlar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari;

- mahalla hududida xavfsizlik masalalari kabi bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv ochiq, samimiy va amaliy ruhda o‘tdi.

📌 Deputat saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning muammolariga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi.

Slide 1 of 7