Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Yoshlar kunidagi islohotlar – Yangi avlodga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasi

🟢2025-yil 1-iyul kuni mamlakatimizda keng nishonlangan “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan islohotlar va tashabbuslar yurt ravnaqi va yoshlar kelajagiga bo‘lgan yuksak ishonchni yana bir bor namoyon etdi.

🔹Davlatimiz rahbari nutqida alohida ta’kidlanganidek, yoshlar – milliy taraqqiyotimiz ustuni, jamiyatning yangilanish va yaratish kuchidir. Shu boisdan, 2025 yilda amalga oshiriladigan qator islohotlar aynan yosh avlod imkoniyatlarini kengaytirishga, ularning iqtidori va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

- Yoshlar industriya zonalari – endi har bir hududda yoshlar o‘z biznesini boshlashi uchun amaliy maydonga ega bo‘ladi.

- “Bir yosh – bir kasb” dasturi – bu orqali ko‘plab yoshlar o‘z orzusidagi kasbni egallab, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi.

- “Yoshlar startap fondi” va grantlar – innovatsion g‘oyalarimizni amalga oshirish uchun katta imkoniyat!

Prezident stipendiyalari va xorijda ta’lim grantlari – izlanuvchan va iqtidorli yoshlar uchun ilg‘or ta’lim eshiklari ochilmoqda.

- Yoshlar psixologik markazlari va ma’naviy dasturlar – yoshlarni nafaqat moddiy, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi juda muhim omildir.

🔹Bu islohotlar Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch, e’tibor va ularning hayotidagi barcha sohalarda teng imkoniyat yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaldagi ifodasidir.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Babayev Olimjon Zakirovich