Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Ikki davlat, bitta maqsad – barqaror taraqqiyot

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil iyul oyida Ozarbayjon Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim voqea sifatida qayd etildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va amaliy hamkorlik so‘nggi yillarda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligiga barchamiz guvohmiz.

🔹Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi so‘nggi ikki yilda ikki barobar oshib, ushbu ko‘rsatkichni 2 mlrd. dollarga yetkazish maqsad qilinganligi, Xankendi shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan yiliga 3 million dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega to‘qimachilik fabrikasi faoliyat boshlab, 800 nafar ishchi o‘rni yaratilganligi ikki davlat munosabatlarni yanada mustahkamlamoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganligi e’tirof etildi:

    2025–2026-o‘quv yilidan boshlab Toshkent va Boku oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talabalar va professorlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi;

    har ikki davlatda “O‘zbekiston – Ozarbayjon yoshlar forumi” tashkil etilishi;

    diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan bir qator madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar va konsertlar o‘tkazilishi belgilab olinganligi juda quvonarli holatdir.

🔹Strategik sheriklik endi faqat siyosiy emas – u iqtisodiy, gumanitar va insonparvarlik sohalarida ham amaliy ifodasini topmoqda.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Asomov Sagdulla Murаdullayevich.