Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Davlat ramzlari – muqaddas!

     Ma’lumki, davlat ramzlari, ya’ni davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi har bir mamlakatning xalqaro munosabatlardagi milliy timsoli va ramzi sifatida muhim siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ramzlarsiz davlatning siyosiy mustaqilligini va uning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni va rolini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardanoq davlatimiz va hukumatimiz tomonidan milliy davlat ramzlarini ishlab chiqish va uning huquqiy asoslarini qonun yo‘li bilan mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratildi. Natijada, 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi, 1992-yil 2-iyulda esa “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi hamda 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunlar bilan milliy davlat ramzlarimiz qabul qilinib, tasdiqlandi.  

Bugun esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun. Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat. Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoiylik timsoli bo‘lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Gerbning pastki qismida Respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Har bir vatandoshimiz
uchun bu ramzlar muqaddas bo‘lib, mamlakatimizning mustaqilligini va obod kelajagini anglatadi. O‘zbek xalqining davlat ramzlariga bo‘lgan hurmati va e’tibori kelajak avlodlar uchun ham mazmunli, boy meros sifatida saqlanib qolishiga ishonaman.
 

   Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati U.Abdunazarov