Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Saylovchilar bilan uchrashuv

         O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati A.Buriyev 2025-yilning 26-iyun kuni Bekobod shahriga tashrif buyurdi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyati bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashib, ijtimoiy soha obyektlaridagi olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Jumladan, 5-sonli umumta’lim maktabi va 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotdagi olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, bugungi kundagi muammolarini va takliflarini o‘rganib, yechimi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek, Bekobod shahar Ekologiya bo‘limida shaharda chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ta’kidlash joizki, shahardagi 7 ta chiqindi tashishga mo‘ljallangan tashkilotlarni moddiy-texnik holati, ishchi-xodimlari, har bir chiqindi tashishga mo‘ljallangan tashkilotga to‘g‘ri kelayotgan hudud, chiqindilarni to‘planib qolishiga asosiy sabablardan biri chiqindilarni qabul qiluvchi Bekobod tumanidagi maxsus poligon shahardan deyarli 35-40 km.uzoqlikdagi masofada joylashganligi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu masalalarni yechimi bo‘yicha Respublika miqyosidagi idoralarga murojaat etilishi belgilab olindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasini a’zosi sifatida shahardagi Ichki ishlar bo'limiga qarashli 18-sonli huquq-tartibot maskani faoliyati bilan ham tanishib, u yerda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni o‘rgandi hamda tegishli tavsiyalarni berdi.

Bundan tashqari Bekobod shahar “Yangihayot” mahallasidagi fuqarolar bilan uchrashib, aholi tomonidan ko‘tarilgan bir necha yillardan beri asossiz ravishda hisoblangan maishiy chiqindilar bo‘yicha qarzdorlikka aniqlik kiritish masalasi bo‘yicha joyida mas’ullarga murojaat etildi. Ushbu masala ham ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 6