Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
MUNOSABAT

MUNOSABAT

2025-yil 23-iyun kuni Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi – mamlakatimizda mahalliy boshqaruv tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan, dolzarb va o‘z vaqtida qabul qilingan tarixiy hujjatdir.Konsepsiya bilan mahalliy Kengashlarning vakolatlarini kengaytirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Ayniqsa, xalq vakillarining mustaqil, mas’uliyatli va faol pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar biz deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘zining saylovoldi dasturida aynan mana shu yo‘nalish – mahalliy boshqaruvni milliy qadriyatlar va fuqarolik faolligi asosida isloh qilish zarurligini ilgari surgan edi. Konsepsiyada bu g‘oyalarning amaliy ifodasi mujassam topgani — partiyamiz dasturining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Men, deputat sifatida, ushbu konsepsiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. U orqali xalq vakillarining ovozi kuchayadi, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki kengayadi, har bir mahalliy muammo o‘z joyida hal etilishi uchun huquqiy zamin yaratiladi.

Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan bunday izchil islohotlar xalq manfaatiga xizmat qiladigan adolatli boshqaruv asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa har bir deputatning faoliyati va mas’uliyatini yanada oshiradi.

Zarnigor Avyazova, Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputati