Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston: tarixiy tashrif va yangi bosqich!
янв.21
🎉 Fidoyi hamkor xodimlar xalq deputatlari viloyat Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi! 🖋🗞️🎙️
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Insoniylik va oliyjanoblikning yorqin namunasi — Buxoroda amalga oshirilgan ezgu ish
янв.21
Odamga e’tibor – bu faqat shior emas, balki davlat siyosatining yuzi, partiyamizning ustuvor yo‘li va dunyoqarashidadir.
янв.21
⚡️⚡️ “Deputat va yoshlar”- muloqot va hamkorlik sari.
янв.21
Korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻovdir
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari deputat nazoratida
янв.21
DEPUTATLAR XALQ ORASIDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining tegishli farmoyishi asosida ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.
ISLOHOTLAR – AMALIY NATIJADORLIK MEZONIDA

Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari ham faol ishtirok etishlari zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, tuman Kengashi deputati sifatida Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Aholi muammolarini joylarda o‘rganish, ularga amaldagi qonunchilik va davlat dasturlari asosida yechim topish, xalqning ishonchini oqlash – bugun deputatlar oldida turgan eng muhim vazifadir.

Yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlar asosida mahalladagi dolzarb masalalarni o‘rganib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilanadi. Xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash masalalari doimiy diqqat markazimizda bo‘ladi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan keng ko‘lamli islohotlar xalq farovonligi va davlat taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Biz, mahalliy Kengash deputatlari esa, bu jarayonda xalq va hokimiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qilishga tayyormiz.

Olimjon Isoqov,

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 1