Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarining ramziy yuksalishi: Prezident Mirziyoevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi.
янв.21
O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston: tarixiy tashrif va yangi bosqich!
янв.21
🎉 Fidoyi hamkor xodimlar xalq deputatlari viloyat Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi! 🖋🗞️🎙️
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Insoniylik va oliyjanoblikning yorqin namunasi — Buxoroda amalga oshirilgan ezgu ish
янв.21
Odamga e’tibor – bu faqat shior emas, balki davlat siyosatining yuzi, partiyamizning ustuvor yo‘li va dunyoqarashidadir.
янв.21
⚡️⚡️ “Deputat va yoshlar”- muloqot va hamkorlik sari.
янв.21
Korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻovdir
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari deputat nazoratida
янв.21
DEPUTATLAR XALQ ORASIDA
MUNOSABAT

10- iyun kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan IV-Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik yo'lidagi qat'iy qadamlaridan biri sifatida tarixga kirdi. 

     Ushbu nufuzli tadbir doirasida qator davlatlar va yirik xalqaro kompaniyalar bilan investitsiyaviy va iqtisodiy sohalarni qamrab olgan muhim shartnomalar imzolandi. Imzolangan xalqaro shartnomalar nafaqat yirik moliyaviy va sanoat loyihalarini amalga oshirishga yo'l ochadi, balki ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, texnologik almashinuvni rivojlantirish, hamda bozorlarga erkin kirishni ta'minlashda muhim omil hisoblanadi.

     Xulosa qilib aytganda, IV-Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida tuzilgan xalqaro shartnomalar O'zbekistonning global iqtisodiy tizimga integratsiyalashuvini tezlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar bilan o'zaro ishonch asosidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo'ldi.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar
Kengashi deputati Soyibov Farxod Yaxshievich