Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston: tarixiy tashrif va yangi bosqich!
янв.21
🎉 Fidoyi hamkor xodimlar xalq deputatlari viloyat Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi! 🖋🗞️🎙️
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Insoniylik va oliyjanoblikning yorqin namunasi — Buxoroda amalga oshirilgan ezgu ish
янв.21
Odamga e’tibor – bu faqat shior emas, balki davlat siyosatining yuzi, partiyamizning ustuvor yo‘li va dunyoqarashidadir.
янв.21
⚡️⚡️ “Deputat va yoshlar”- muloqot va hamkorlik sari.
янв.21
Korrupsiya islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻovdir
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari deputat nazoratida
янв.21
DEPUTATLAR XALQ ORASIDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisining tegishli farmoyishi asosida ishchi guruhi oʻz ishini boshladi.
Islohotlar – avvalo xalq uchun!

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdim. Yig‘ilishda iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlar qayd etilib, shu bilan birga dunyoda turli mojarolar avj olayotganligi, savdo aloqalari va logistika qiyinlashayotganligi, tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib borayotganligi ta’kidlandi. Shuning uchun hokimlar va vazirlar imkoniyatlarni to‘g‘ri baholab, tashabbus ko‘rsatib ishlashi, aholi va biznes bilan muloqotni yanada kuchaytirib, muammolarni tez-tez hal qilib berishi zarurligi uqtirildi. Prezidentimizning ma’ruzalaridan alohida e’tiborimni tortgani Qumqo‘rg‘on markazidagi temir yo‘lida har kuni 20 marta yopiladigan “shlagbaum” 200 metr nariga ko‘chirilsa, 8 ming avtomobil uchun tirbandlik yo‘qolishi, lekin bunga na tuman, na viloyat hokimini vakolati borligi, buning vakolati esa faqat “O‘zbekiston temir yo‘llari”da borligi tanqid qilindi.

Shunga o‘xshash muammo bizning Bekobod shahrida ham to 2017-yilgacha bir necha yillardan beri hal etilmay kelayotgandi. Shaharning “Istiqlol”, Farhod va “Sementchi” mahallalariga o‘tuvchi yo‘l poezd qatnovi yo‘lidan o‘tganligi bois 5-6 km. masofadagi aylanma ko‘prikdan o‘tish lozim edi. Shu temiryo‘l kesishmasidan yo‘l ochib berish yuzasidan bir necha bor yo‘llangan murojaatlarimiz “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan “mumkin emas” qabilidagi javoblar bilan masala hal etilmayotgandi. Shahrimizga muhtaram Prezidentimizni 2017-yildagi tashrifi chog‘ida ushbu masala deputatlar tomonidan ko‘tarilgandan so‘nggina ijobiy yechim topgan edi. Bugungi kunda ushbu temiryo‘l kesishmasidan kuniga minglab fuqarolar va texnika vositalari bemalol harakatlanmoqda. Bu orqali ham vaqt, ham naqd tejalmoqda, xalqimiz xursand.

Prezidentimiz barcha masala va muammolarni hal etishga qodir bo‘lgan butunlay yangicha ijro apparatini va ijro intizomini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlarni berdilar. O‘ylaymanki, ijro apparati xodimlari sonini maqbullashtirish, bunda shtat birliklarini mustaqil ravishda hokimlarga belgilash vakolati berilayotganligi, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida mehnatga haq to‘lash tizimini joriy etilishi, tuman va shaharlardagi idoralarni bevosita hokimlik ixtiyoriga berilishi va boshqa islohatlar o‘z samarasini beradi. Umuman olganda Prezidentimiz tomonidan islohatlar natijadorligi tahlil qilindi va qo‘shimcha vazifalar belgilandi.  

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati Ulug‘bek Abdunazarov