Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yil 5-apreldagi "Chiqindilar to'g'risida"gi 362-II-sonli Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibi o'tkazildi hamda tumanda "Mening bog'im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yil 5-apreldagi "Chiqindilar to'g'risida"gi 362-II-sonli Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibi o'tkazildi hamda tumanda "Mening bog'im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi

Joriy yilning 26-iyun kuni Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Unda 20-Uyshun saylov okrugi deputati K. Djumanazarova, 18-Istiqlol saylov okrugi deputati I. Soliyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘rganish davomida tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i U. Maxmudov tomonidan tumanda "Mening bog‘im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘chat ekish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ularni parvarishlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yil 5-apreldagi "Chiqindilar to'g'risida"gi 362-II-sonli Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar to'g'risida batafsil ma’lumot berildi.

Deputatlar tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3