Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
deputat o'rganish

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari D.Islamova hamda N.Tuykulovalar tomonidan “Kattaxovuz” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida aholi bilan muloqot qilinib, asosiy 24 ta savolnoma asosida fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, yoshlar bandligi, madaniy-maʼrifiy muhit, mahalla infratuzilmasi, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflari oʻrganildi.
Deputatlar tomonidan mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholining murojaatlariga amaliy yechim topish hamda ijtimoiy sohadagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yakunida deputatlar tomonidan bunday o'rganishlar fuqarolarning hayot sifati va mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Slide 1 of 2