Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
TUMAN ADLIYA BO‘LIMI RAHBARINING AXBOROTI OLDIDAN JOYLARDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA. FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

2026-yilning 2-chorak yakunlari bo‘yicha tuman Kengashining navbatdagi Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti eshitilishi rejalashtirilganligi munosabati bilan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda.Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrug hududidagi Qiziltog‘ shaharchasida joylashgan Parkent tumani Adliya bo‘limining 2-son FHDYO bo‘limida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida 2-son FHDYO bo‘limi rahbari Axrolova Saodat O‘ktamovna tomonidan bo‘lim Qiziltog‘, Nomdanak, Shampan,
Novdak, Nevich hamda Sanganak hududlarida yashovchi fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatib kelayotgani haqida ma’lumot berildi.Deputat tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, jumladan tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘limni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati, ariza va murojaatlarni qabul qilish tartibi, xizmatlar tezkorligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.O‘rganish yakunida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash va fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish yuzasidan tegishli taklif
va tavsiyalar bildirildi.Mazkur o‘rganish natijalari tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining navbatdagi Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan axborotini har tomonlama tahlil qilish hamda davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 3