Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova belgilangan ish rejasiga muvofiq Mashad mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Anvarova hamda Mashad mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ham ishtirok etdilar.

Oʻrganishda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 7-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazda o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan band qilish, jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan sport musobaqalari, turli ijodiy to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tarbiyaviy mashg‘ulotlarning borishi o‘rganildi. Markaz faoliyatida bolalarning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida yozgi sog‘lomlashtirish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘rganish yakunida mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 8