Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik hududida mini stadion va sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi hududida sog‘lomlashtirish infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, tuman hokimligi hududida mini stadion hamda sog‘lomlashtirish maydonchalarini barpo etish uchun zarur qurilish materiallarini xarid qilish maqsadida mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida xodimlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport bilan shug‘ullanish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimligiga tuman mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 750 million so‘m mablag‘ ajratish taklifi atroflicha muhokama etildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur loyiha hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda xodimlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📍 Yakunda ushbu mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1