Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sho‘rsoy mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kosiblar mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Sho‘rsoy mahallasidagi ijtimoiy va infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
O'quvchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun yo'lakcha barpo etildi
янв.21
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori asosida aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabi yaxshilanadi
янв.21
Tuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqdaTuman Kengashi deputati murojaatlarni o‘rganmoqda va murojaatlar daftarini yuritmoqda
янв.21
Deputatlar mahallalarda o‘rganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Deputat mahallada: muammolar o‘rganilib, murojaatlar nazoratga olindi
янв.21
Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari kengaytiriladi.
IJTIMOIY HIMOYA, TIBBIY XIZMAT VA TADBIRKORLIK YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYA, TIBBIY XIZMAT VA TADBIRKORLIK YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova,
xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan tumanda aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va tadbirkorlikni
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda
o‘rganildi.


O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-
fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosi doirasida Bo‘ston va Sanoatchilar mahalla
fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi I guruh nogironi bo‘lgan
fuqarolarning yashash sharoitlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar bilan tanishildi.


Shuningdek, tumandagi 13 va 14-son oilaviy poliklinikalarda aholiga
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar, tibbiyot
xodimlari faoliyati va profilaktik tadbirlarni tashkil etish holati o‘rganildi.
Mas’ullarga tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholi murojaatlariga
tezkor munosabat bildirish hamda birlamchi tibbiy yordam qamrovini kengaytirish
bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Shuningdek, deputatlar tomonidan Turk mahallasi hududida joylashgan
meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qadoqlash va eksport qilishga
ixtisoslashgan “Karim A Eksport” MChJ faoliyati ham o‘rganildi. Korxonada
mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari va aholi
bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Muloqotlar davomida korxona faoliyatini kengaytirish, eksport salohiyatini
oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy aholi bandligini ta’minlash
masalalari muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 9