Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Saylovchilar bilan muhim masala muhokama qilindi

 Saylovchilar bilan muhim masala muhokama qilindi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati R. Matyaqubova hamda
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Raxmova
hamkorlikda Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining
o‘ttizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Qo‘shko‘pir tumani hududida
“Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan saylovchilar bilan
uchrashuv o‘tkazdilar.
 

Muloqot davomida yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza
qilish, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholi uchun qulay va
sog‘lom ekologik muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan davlat
siyosatining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
 

Shuningdek,
“Yashil bog‘” loyihasining tumanning ekologik holatini yaxshilash,
bioxilma-xillikni saqlash, aholining dam olishi uchun zamonaviy va qulay maskan
yaratishdagi ahamiyati muhokama qilindi. Saylovchilar
tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni sessiya
muhokamalarida inobatga olish masalalari ko‘rib chiqildi.
 

Uchrashuvda ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlarni obodonlashtirish
hamda fuqarolarning bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani
alohida ta’kidlandi.
 

Yakunda deputatlar va jamoatchilik vakillari tomonidan “Yashil bog‘”
loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda keng jamoatchilik ishtirokini
ta’minlash, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda qarorlar qabul qilish
muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
 

   

Slide 1 of 1