Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zolari bilan hamkorlikda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, reabilitatsiya xizmatlarining tashkil etilishi, protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash jarayonlari hamda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi, zamonaviy reabilitatsiya usullarining qo‘llanilishi va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi. Jarayon davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga integratsiya qilish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur o‘rganish nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5