Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
"Mahalla ligasi"da aql va mahorat sinovdan o‘tdi

"Mahalla ligasi"da aql va mahorat sinovdan o‘tdi

Termiz tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha “Mahalla ligasi” musobaqalarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mahallalardagi saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘zaro intellektual bellashuvlarda kuch sinashib, strategik fikrlash, mantiqiy tafakkur hamda yuqori mahoratlarini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov ham faol ishtirok etib, shaxmat bahslarida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, shaxmat va shashka yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, eng kuchli ishtirokchilar viloyat bosqichida Termiz tumani sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Mazkur musobaqa aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda intellektual salohiyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 7