Yashnaobod mahalla hududida maishiy chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish ishlari to‘liq va sifatli yo‘lga qo‘yilmagani, natijada ayrim ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarida chiqindilar to‘planib qolayotgani aniqlandi. Bu holat hududning sanitariya-gigiyena holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholi o‘rtasida haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni olib chiqish xizmatini yaxshilash, ko‘chalar holatini tartibga keltirish hamda aholining murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.