Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva o‘z saylov okrugida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion va tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdi.

Jumladan, Qirguli mozor hududida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor A.Ulug‘bekovga tegishli dam olish maskanini kengaytirish loyihasi o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida mavjud maskan zamonaviy talablarga javob beradigan dam olish majmuasiga aylantirilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududning turistik va xizmat ko‘rsatish salohiyati yanada oshishi, aholi uchun qulay dam olish sharoitlari yaratilishi kutilmoqda. Eng muhimi, yangi faoliyat yo‘nalishlari tashkil etilishi hisobiga qo‘shimcha 8 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Deputat S.Jurayeva loyiha bilan tanishar ekan, uning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 5