Kengash faoliyatidan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberganov Ilg‘aldi mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi Xayitboyev Husinboyning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman Kengashi raisi yoshlar siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, yoshlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Shuningdek, mahallada yoshlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.