Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
“Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 10-iyundagi VII-20-55-3-54-K/26-sonli “Mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish, “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga yo‘naltirish hamda kelgusidagi bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Yoqubov yoshlar bilan uchrashib, bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, qisqa muddatli o‘quv kurslari, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning afzalliklari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, avtomobil boshqaruvini o‘rganayotgan yoshlar bilan amaliy muloqot tashkil etilib, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, haydovchilik madaniyatini yuksaltirish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda mas’uliyatli va namunali haydovchi bo‘lishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Slide 1 of 1