Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi.
янв.21
Deputatlar mahallalarda o‘rganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda.
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 22-26-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tuman Kengash raisi tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish maqsadida deputatlik soʻrovi yuborildi
янв.21
Qarorlar ijrosi amalga oshirilmoqda.
#96_ta_qonun Xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan Ishtixon tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qonunning 5-moddasida xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish hamda bunday holatlarning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Shuningdek, hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati, profilaktik tadbirlar va hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, muammolarini manzilli hal etish hamda qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4