Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat T.Tangirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamkorlikda “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holatini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida mahalladagi namunaviy xonadonlarga tashrif buyurilib, aholining tomorqadan daromad olish bo‘yicha tajribalari bilan tanishildi. Jumladan, fuqaro Xolboev Odil xonadonida borilib, uning tomorqasida tashkil etilgan 2 sotixli issiqxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. Issiqxonada pomidor va bodring kabi sabzavot mahsulotlari yetishtirilib, oila uchun munosib daromad manbai yaratilgan. Xonadon egalari o‘z mehnatining samarasidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Shundan so‘ng, keksa pedagog, biologiya fani o‘qituvchisi Qulahmedova Momaxol opa xonadoniga tashrif buyurildi. U yerda 6 sotix yer maydonida tashkil etilgan issiqxonada limon, mandarin va apelsin kabi sitrus mevalari parvarish qilinmoqda.
Mazkur tajribalar aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganishlar yakunida tomorqachilik va issiqxonachilik orqali o‘z turmush farovonligini yaxshilashga erishgan fuqarolar faoliyatini mahalla ahliga namuna sifatida keng targ‘ib qilish, boshqa aholini ham ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5