Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Kengash_faoliyati
Deputatlar tavsiyasi – xalqqa xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish garovi!

✅Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta ustuvor TAVSIYaLAR ijrosini ta’minlash, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

✅Biznes, tadbirkorlik va fuqarolarning kundalik yumushlari bevosita bog‘liq bo‘lgan Davlat xizmatlari hamda FHDYo organlaridagi haqiqiy ahvolni bilish maqsadida navbatdagi o‘rganishlar o‘tkazildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi
B.Qurbonovlar tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazi va FHDYo bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning holati yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
Deputatlar tomonidan ilgari surilgan tavsiyalarning hayotga tatbiq etilishi;
Markazlarga kelayotgan aholi uchun yaratilgan sharoitlar va "elektron navbat" tizimining ishlashi;
Fuqarolarning murojaatlari va arizalarini ko‘rib chiqish muddati hamda sifati.

✅Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 6