Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Mahallani rivojlantirish va aholi farovonligi – e’tibor markazida

Mahallani rivojlantirish va aholi farovonligi – e’tibor markazida

💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "13-Uchtepa" okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich "Uchtepa" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar va nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

💬 Suhbat davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar va nuroniylarga qaratilayotgan e’tibor hamda hududni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🗂 Deputat o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mahallalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

🗣 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 291-sonli qarori asosida mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va aholi murojaatlarini manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

📇 Muloqotda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Kuziyeva hamda "Uchtepa" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muxtor Ilhomov ham ishtirok etib, mahallada olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan axborot berdi.

🧠 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3