Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ertaga Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma to'rtinchi sessiyasi bo'lib o‘tadi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama etildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik guruhida: Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarining hisoboti tinglandi
янв.21
9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni
янв.21
Ota-onalarning ta’lim jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatlari o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlik so‘rovi – muammolarning ijobiy yechimi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma to'rtinchi sessiyasi bo'lib o‘tishi belgilandi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 8-12-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
Deputat tomonidan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova tomonidan Oybek mahallasi profilaktika inspektorining joriy yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, mahalla jinoyatchilik bo‘yicha “yashil” toifada bo‘lib, kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida mahalla hududida 1 ta talonchilik, 1 ta bezorilik hamda 1 ta o‘g‘rilik holati qayd etilgan. Ushbu holatlarning oldini olish va takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida profilaktik choralar kuchaytirilgan.

Shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha aholi o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan. Hududda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida tungi reydlar muntazam tashkil etilib, kuzatuv kameralari hamda avtopatrul xizmatlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Slide 1 of 2