Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi ekologik talablar o‘rganildi

 “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda katta va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan 1, 2 va 3-toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalaridagi ekologik talablar ijrosi holati o‘rganildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari Bobirjon Begaliyev, a’zolari Avazbek Raxmonov, Umarbek Karimov hamda Ekologiya bo‘yicha mutaxassis Davronjon Raximov o‘rganishlari davomida hududda ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarida ekologik
qonunchilik talablariga rioya etilishiga e’tibor qaratdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF–81-son Farmoni hamda 2025 yil 18 apreldagi PF–67-son Farmoni talablarining ijrosi yuzasidan korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Tahlil xulosalariga ko‘ra: ifloslantiruvchi manbaalardan chiqadigan tashlamalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalari o‘rnatish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan. 29 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan hozirda 34 ta chang-gaz ushlash qurilmalari (filtlar) olib kelib o‘rnatilgan. 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlarga tavsiyalar kiritiladigan bo‘ldi. 

Ya’ni Ekologik nazorat bo‘yicha: 

– avtomatik monitoring stansiyalarini belgilangan muddatlarda o‘rnatish; 

– stasionar kuzatuv postlari bilan jihozlash ishlarini yakunlash; 

– tashlamalarni doimiy nazorat qilish tizimini joriy etish. 

Texnik tadbirlar bo‘yicha: 

– chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish; 

– lokal suv tozalash inshootlarini yangilash va samaradorligini oshirish. 

Tashkiliy tadbirlar bo‘yicha: 

– korxonalarda ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan
muntazam monitoring olib borish;
 

– ekologik talablarni buzgan subyektlarga nisbatan qonunchilikda
belgilangan choralarni qo‘llash.
 

O‘rganuv xulosalari va natijalar xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasida ko‘rib
chiqiladi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1