Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Mahalladagi ishlar deputatlar tomonidan o‘rganildi

Mahalladagi ishlar deputatlar tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, tuman Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva hamda tuman KEngashi bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo'minov bilan birgalikda uning hududidagi “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni o‘rganishdi.

Tashrif davomida mahalladagi infratuzilma holati hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Shuningdek, mahalla hududini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni samarali bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mahalla yettiligi faoliyati alohida o‘rganilib, ular tomonidan hududdagi muammolarni aniqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda masalalarni tezkor hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, ularning ish samaradorligini oshirish va faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva #A_Mamarajabov

Slide 1 of 4