Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Yigʻilishda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratildi.

Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Axmedovning hisoboti; 

Bog‘ot tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari F. Yo‘ldoshovning tuman mahalliy budjetining 2026-yil I chorak ijrosi yuzasidan hisoboti;

 2026-yil I choragida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qaroriga muvofiq, jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish masalasi; 

Shuningdek, qo‘shimcha manbalar hisobidan mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida hudud iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, budjet daromadlarini oshirish, qo‘shimcha manbalardan samarali foydalanish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4