Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!

MUAMMO YECHIM TOPDI: “OQOSTONA” KO‘CHASIDA YANGI CHIRIOQLAR PORLAYDI!

Xalq bilan muloqot va deputat nazorati amalda o‘z samarasini berdi.

Avval xabar berganimizdek, Uzun tumani, “Oqostona” mahallasi aholisining tashabbusi bilan ma’nan eskirgan elektr tayanchlarini yangilash ishlariga tamal toshi qo‘yilgan edi. Mahallaning fidoyi fuqarolari tomonidan xarid qilingan 35 dona beton ustunlarni o‘rnatish va tarmoqqa ulash masalasi tuman Kengashi deputatining qat’iy nazoratiga olingan edi.

 Natija qanday bo‘ldi?

Deputatlik so‘rovi hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan olib borilgan tizimli hamkorlik natijasida muammo ijobiy hal etildi.

Texnik yordam: Tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan maxsus texnikalar va malakali mutaxassislar brigadasi jalb etildi.                                       

 Bu kabi ishlar nafaqat hudud infratuzilmasini yaxshilashga, balki fuqarolarning davlat organlari va deputatlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘z mahallasining obodligi yo‘lida birlashgan barcha saxovatpesha hamyurtlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.