Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
🔈🔈🔈 Deputatning saylovchilar va siyosiy partiya bilan hamkorligi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiya muhokamasidan o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doimiy komissiyada muhokama etildi
янв.21
Deputat tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rov ijobiy yechim topdi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
янв.21
🔴🔴🔴 Deputatlik so‘rovi orqali muammo o‘z yechimini topdi
янв.21
Joylarda ochiq muloqot: sayyor qabul samara bermoqda
янв.21
Fuqaro murojaati hamkor tashkilotlar bilan o‘rganildi
янв.21
📣📣📣 Deputatlik so‘rovi va o‘z vaqtida ijobiy yechim
Yo‘l xaritalari” ijrosi doirasida Termiz tumanidagi 25-sonli maktabda rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari hamda Hukumat qarorlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosi doirasida belgilangan vazifalarni manzilli o‘rganish va ularning tizimli nazoratini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari Termiz tuman Kengashi raisi, kotibiyat muduri hamda saylov okrugi hududdan saylangan tuman deputatlari hamkorligida izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi manzil Termiz tumani “Nurafshon” MFY hududida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Mazkur ta’lim muassasasini rekonstruksiya qilish, 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini barpo etish hamda maktab hududini to‘liq o‘rash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida dastur doirasida belgilangan ishlar amaliyotda boshlab yuborilgani, qurilish ishlari belgilangan jadval asosida olib borilayotgani hamda loyiha to‘liq moliyalashtirilgani aniqlandi. Hozirgi kunda ish jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklar mavjud emas.

Deputatlar tomonidan qurilish sifati, muddatlarga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilishi ta’kidlandi. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 5