Янгиликлар

🏫 MAKTABLARDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldashova umumta’lim maktablarida 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida:
♨️ Isitish tizimlarining holati;
⚡️ Elektr tarmoqlari xavfsizligi;
🏫 Sinfxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar;
🔧 Mavsumga tayyorgarlik ishlari va mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad: qish mavsumida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay, xavfsiz hamda issiq ta’lim muhitini ta’minlash.
✅ O‘z vaqtida tayyorgarlik — uzluksiz ta’lim va qulay sharoit garovi!