Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudirii_faoliyati
#24_ta_masala
#19_1_modda

Bandixon tumanida yana bir muhim loyiha yakuniy bosqichda!

Bandixon tumanida aholi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy infratuzilmani yaratish yo‘lida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo'ldoshev va Kengash kotibiyati mudiri A.Pardayev “Bektepa” mahallasida amalga oshirilayotgan manzilli loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdilar.

📊 Loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari:
Manzil: D167 avtomobil yo‘lining 108–110-kilometr qismi (“Bektepa” mahallasi hududi).
Uzunligi: 2 kilometr.
Qiymati: 2 milliard 400 million so‘m.

Piyodalar va velosiped haydovchilari uchun xavfsiz, zamonaviy hamda qulay harakatlanish sharoitlari.

Sog‘lom turmush tarzi sari muhim qadam! Ushbu zamonaviy salomatlik yo‘lakchasi nafaqat hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, muntazam piyoda yurish va velosipedda sayr qilish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Bugun bunyod etilayotgan har bir maskan — ertangi kunning sog‘lom va farovon hayoti uchun mustahkam poydevordir!

Slide 1 of 6