Янгиликлар

Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi

«Adolat» SDP Siyosiy Kengashi raisi oʻrinbosari Islom Hamroyev Bagʻdod tumanining «Samandarak» mahallasida boʻlib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy tashabbuslar bilan tanishdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Islomjon Ahmedov partiyaning «Adolat» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Deputat tashabbusi bilan tashkil etilgan va 5 mingdan ziyod kitob fondiga ega mahalla kutubxonasiga yangi kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi.

Mahalladagi ijtimoiy masalalar, aholi bandligi va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi muhokama qilindi.

5 gektar maydonda qurilayotgan «Samandarak temirchilik sanoat markazi» loyihasi koʻzdan kechirildi.

Slide 1 of 10