Angor tumanidagi 9-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Chiziqlardan yaralgan ijod” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi deputati S.Yuldashova hamda maktab jamoasi, iqtidorli yoshlar, keng jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Tadbirda partiyaning faol va iqtidorli a’zosi O‘g‘ilshod Ismatovaning qalamiga mansub asarlar ko‘rgazmasi hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida hamkorlar va faol ishtirokchilar partiyaning Viloyat Kengashi tomonidan taqdirlandi.