35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA ULUG‘BEK MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

#kotibiyat_va_deputat #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA ULUG‘BEK MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga asosan, kotibiyatdan biriktirilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 4-Nodirabegim saylov okrugiga kiruvchi “Ulug‘bek” mahallasida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarovaning saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🌳 O‘rganish davomida mahalla hududining umumiy obodonlik holati, ko‘p qavatli uylar atrofi, ichki yo‘laklar, yashil hududlar, bolalar maydonchalari hamda sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Hududdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, aholi uchun yanada qulay, ozoda va xavfsiz yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


📝 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish doirasida mahalla hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarining ozodaligini ta’minlash, mavjud yashil hududlarni parvarishlash hamda bayram arafasida hudud qiyofasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 Jarayon davomida mahalla yettiligi a’zolari bilan hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi. Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofi va ichki yo‘laklarni tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan vaqtda olib chiqish, yashil hududlarni muntazam parvarishlash, tungi yoritish tizimlari hamda umumiy foydalanish joylarining holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

🤝 Fuqarolar bilan bevosita muloqot davomida ularning obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, hudud infratuzilmasi va kundalik turmush sharoitlariga oid murojaat hamda takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish zarurligi qayd etildi.

🔺 O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yetkazilib, ularning ijrosini nazorat qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

🌱 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda ozodalik va obodonlikni ta’minlash, mahallalardagi mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda aholi uchun yanada obod, xavfsiz va farovon yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7