35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 8-Xo‘janqon saylov okrugi deputati Amonqulov Shaxrijahon O‘tkir o‘g‘li tomonidan Xo‘janqon mahallasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda duch kelayotgan muammolari bilan yaqindan tanishildi.Muloqot jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalla iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

📌 Mazkur o‘rganishlar deputatning saylovchilar bilan doimiy muloqotini ta’minlash, hududdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilash va aholining farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarning davomi hisoblanadi.

Slide 1 of 1