Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan "Saxovat" MFYda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududni obodonlashtirish, mahalla atrofini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda aholi xonadonlarining tashqi fasad qismlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Hududlar obodligi va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.