35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
#deputat_soʻrovi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvat To‘rayevich tomonidan 11–Navro‘z saylov okrugi hududidagi Navro‘z mahallasi fuqarolari murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan Angor Zamin klasteri zavodi oldidagi yuzga yaqin daraxt uzoq vaqt sug‘orilmagani sababli qurib borayotgani, shuningdek, ariqlarga suv kelmayotgani oqibatida tomorqa yerlaridagi ekinlarni sug‘orishda jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani aniqlandi. Mazkur holat aholi tomorqalaridan samarali foydalanishga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani ta'kidlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 5 va 8-moddalariga muvofiq, mas'ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda hududni sug‘orish suvi bilan ta'minlash, daraxtlarni saqlab qolish va tomorqalarga suv yetkazib berish choralarini ko‘rish so‘raldi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy yechim topishini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 2