35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
350 yoshli oq tut daraxti — davlat tabiat yodgorligi sifatida muhofazaga olinadi

#atrof_muhit_muhofazasi #deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ 350 yoshli oq tut daraxti — davlat tabiat yodgorligi sifatida muhofazaga olinadi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 22-iyuldagi VII-24-106-14-0-K/26-son qaroriga muvofiq, Yakkasaroy tumani “Moviy gumbazlar” xiyoboni hududida joylashgan 350 yoshli oq tut daraxti (Morus alba) davlat tabiat yodgorligi deb e’lon qilingan.

🌳 Mazkur qarorning ijrosini joylarda sifatli tashkil etish, noyob daraxtni muhofaza qilish va uning atrofidagi hududni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish maqsadida hududda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov, Toshkent shahar Kengashi deputatlari Sevara Fayziyeva va Frangiza Akramova, tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari, Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

🔎 Jarayon davomida 350 yoshli oq tut daraxtining bugungi holati, uni saqlash va muhofaza qilish uchun yaratilgan sharoitlar, daraxt joylashgan hududning obodonlashtirilish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar bilan birgalikda tabiat yodgorligini uzoq yillar davomida asrab-avaylash, uning tabiiy holatiga zarar yetkazmagan holda zarur parvarish ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.

📁 Xususan, davlat tabiat yodgorligi maqomini olgan daraxtning atrofi tegishli talablar asosida o‘ralishi, hudud obodonlashtirilishi, daraxtni tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun zarur sharoitlar yaratilishi hamda uning alohida muhofaza qilinadigan tabiiy obyekt ekanini aks ettiruvchi tegishli axborot belgilarini o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.

🌿 Shuningdek, hududning tarixiy va ekologik ahamiyatini inobatga olgan holda, daraxt atrofini tartibga keltirish, mavjud yashil hududni asrab-avaylash va aholining tabiat yodgorligiga ehtiyotkorona munosabatini shakllantirish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

✅ O‘rganish yakunida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, 350 yoshli oq tut daraxtini ishonchli muhofaza qilish hamda uning atrofidagi hududni obod va tartibli holatga keltirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik va jamoatchilik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10