35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining deputati Bahrom Xudoyarov tomonidan 2026-yil II choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining deputati Bahrom Xudoyarov tomonidan "Yangi davr" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mahalla faollari, "mahalla yettiligi" hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning II choragi mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berib, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etgani, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlarini hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan o‘z takliflarini ilgari surgani haqida ma’lumot berdi.

📌 Axborotda qayd etilganidek, "Yangi davr" mahallasida sayyor qabullar va saylovchilar bilan ochiq muloqotlar muntazam tashkil etilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar o‘rganildi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

❗️ Shuningdek, mahallada ichki yo‘llarni ta’mirlash, tashqi yoritish tizimini yaxshilash, obodonlashtirish, bolalar maydonchalari va jamoat infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar haqida axborot berildi.

📉 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli davlat va boshqaruvi organlariga deputatlik so‘rovlari kiritilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani ta’kidlandi. Ochiq muloqot davomida ichki yo‘llarni ta’mirlash, tashqi yoritish, obodonlashtirish, bolalar maydonchasini jihozlash hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga oid yangi taklif va murojaatlar ham "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etildi.

✅ Uchrashuv yakunida deputat Bahrom Xudoyarov saylovchilar bilan ochiq va muntazam muloqotni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.

Slide 1 of 1