35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
“DOLZARB-40 KUNLIK” DOIRASIDA KO‘KCHA DARVOZA MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “DOLZARB-40 KUNLIK” DOIRASIDA KO‘KCHA DARVOZA MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov Shayxontohur tumanidagi 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugiga qarashli “Ko‘kcha Darvoza” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Dolzarb-40 kunlik” doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

📝 Unda mahalla raisi, “mahalla yettiligi” vakillari, ko‘chaboshilar, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi. Deputat ular bilan birgalikda mahalla ko‘chalari va ichki yo‘llar, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofi, sanitariya-tozalik va obodonlashtirish holatini ko‘zdan kechirdi.

🗑 Shuningdek fuqarolar tomonidan so‘nggi kunlarda maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq uzilishlar yuzaga kelgani, buning oqibatida ayrim ko‘chalarda chiqindilar to‘planib qolgani bildirildi. Deputat Aziz Ibragimov mas’ullar bilan tezkor bog‘lanib, masalani joyida muhokama qildi. Natijada mahallaga navbatchi maxsus transport vositasi yo‘naltirilib, chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

⚡️ Aholi bilan muloqot davomida hududda elektr energiyasi ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar ham ko‘tarildi. Mazkur holatning sabablarini o‘rganish va tegishli mas’ullar bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish lozimligi qayd etildi.

🚌 Shuningdek, “Ko‘kcha Darvoza” mahallasi hududidan harakatlanuvchi 27-sonli avtobus yo‘nalishi, avtobuslarda kuzatilayotgan texnik nosozliklar hamda bekatlarda yo‘lovchilar uchun yetarli sharoit mavjud emasligi yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ushbu masalalar bo‘yicha tegishli avtobus saroyi mas’ullari bilan muloqot qilinib, bekatlarni barpo etish va zarur infratuzilmani yaratish bilan bog‘liq ishlarning holati muhokama qilindi.

🏥 Fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatish va tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq ayrim masalalar ham ko‘tarildi. Deputat tomonidan masala tibbiyot muassasasi mas’ullari bilan muhokama qilinib, mavjud holat yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

📁 Shu bilan birga, oilalarda uchrayotgan ayrim ijtimoiy masalalar, jumladan, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalardagi sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

📉 Deputat Aziz Ibragimov mahalla raisi va ko‘chaboshilar bilan ko‘chama-ko‘cha muloqot o‘tkazib, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, aniqlangan kamchiliklar hamda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etdi. Ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish va ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

🌳 “Dolzarb-40 kunlik” doirasida mahalla hududini ozoda va tartibli saqlash, ichki ko‘chalar va xonadonlar atrofini obodonlashtirish, sanitariya-tozalik ishlarini tizimli tashkil etish hamda bu jarayonlarga fuqarolarni keng jalb qilish bo‘yicha ham tegishli tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9