35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
"Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya"**ning nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish yo‘nalishi ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi

 🇺🇿 “25-Sobirjon” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Lazizjon Usmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, o‘zi saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil
ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi yuzasidan axborot berdi. Uchrashuvda mahalliy kengash raisi Sattorxo‘ja Akbarov ishtirok etdi.
 

Deputat “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. Uchrashuv davomida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari va ularning yechimi yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, tegishli tartibda nazoratga olindi. ✏️ Uchrashuvda tumani hokimligi vakillari, mahalla mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi hamda murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirdi. 

▶️ Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv deputatning
saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta'minlash, aholi bilan bevosita muloqotni
mustahkamlash va hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyatga
ega.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani
Kengashi
  

Slide 1 of 1